Get Mystery Box with random crypto!

Garchi yetib bormasaxam aytib beray dardlarim. Qo'llariga yetm | Sarvar Davidxo'jayev

Garchi yetib bormasaxam aytib beray dardlarim.
Qo'llariga yetmasaxam yozayapman xatlarim.
Meni o'ylab o'ylab o'ylab unutmoqda bilganim.
Mendan ranjib ketganicha uni qaytib ko'rmadim.

Kechir meni nozik qalbing ozorlarga to'ldirib.
Pinhon hiyonatlar qildim bilmaysan deb yashirib.
Osmon tingla nolalarim uni qattiq sog'indim.
Mendan ranjib ketganicha uni qaytib ko'rmadim.

Meni deb ko'ngling qoldi ko'ngling qoldi sevgidan.
Orzularing armon endi tonmoqdasan hayotdan.
Bir necha bor sen tomonga izlab borib topmadim.
Mendan ranjib ketganigcha boshqa qaytib ko'rmadim.

Garchi yetib bormasaxam aytib beray dardlarim.
Qo'llariga yetmasaxam yozayapman xatlarim.
Meni o'ylab o'ylab o'ylab unutmoqda bilganim.
Mendan ranjib ketganicha uni qaytib ko'rmadim.

Sarvar Davidxo'jayev