Get Mystery Box with random crypto!

Men kanalimni sevaman, Menga kanalim yoqadi. Endi menga ba | Sarvar Davidxo'jayev

Men kanalimni sevaman,
Menga kanalim yoqadi.
Endi menga baribir,
Kim qanaqa boqadi.

Kanalda odam kam lekin,
Yo’qdan ko’ra shukur bor.
Bu dunyoda hech admin
Emas mendek baxtiyor.

Minusga kirsam jilmayib,
Reklama qo’ysam kulaman.
Ortiqcha yozganlarni,
Shartta chorni qilaman.

Telegram degan baloda,
Kanal ochib qo’yganman.
Va ustida a’zolarga,
Rasm tashab turganman.

Har tong qarab telimga,
Deyman mening g’amim  yo’q.
Kanalim juda faol
Tashvishim yo’q, kamim yo’q.

Xomush bo’lar ba’zilar
Plyuslarim sanashib.
Menga esa turibdi
Minuslar ham yarashib.

Kanal-kanal, bot-botdir.
Har narsa o’z holicha.
Azizlarim  kanalimizni
Qabul qiling boricha.