Get Mystery Box with random crypto!

#anglashlarim Agar uyingiz toza bo'lsa, qalbingiz yorishadi | Sarishta bekalar maktabi

#anglashlarim

Agar uyingiz toza bo'lsa, qalbingiz yorishadi,

Qalbingiz yorishsa, bolajonlaringiz sizni ko'rib xursand bo'ladi,

Bolajonlaringiz sizni ko'rib xursand bo'lishsa, hayotga muhabbatingiz oshadi,

Hayotga muhabbatingiz oshsa, atrofdagi insonlarning yaxshi tomonlarini ko'rishni boshlaysiz,

Atrofdagi insonlarning yaxshi tomonlarini ko'rishni boshlasangiz, o'zingizdan qoniqish his qilasiz,

O'zingizdan qoniqish his qilsangiz, boshqalarni ham seva olishingizni tushunasiz,

Boshqalarni ham seva olishingizni tushunsangiz, turmush o'rtog'ingizga mehringiz oshadi,

Turmush o'rtog'ingizga mehringiz oshsa, u bilan yashayotgan uyingizni doim sarishta tutishga harakat qilasiz

Xulosa: hayotdagi ayolning atrofidagi barcha munosabatlar uyining tozaligiga bog'liq ekan!

SARISHTA BEKALAR MAKTABI