Get Mystery Box with random crypto!

Ikki haftalik AQSh safaridan qaytdim, bu orada San Francisco, | Sariq Dev

Ikki haftalik AQSh safaridan qaytdim, bu orada San Francisco, Silicone Valley, New York, Washington DC va Miamiga borib ulgurdim.

Taassurotlar aralash. Qisqacha yozsam:
- Amerika tabiati juda go’zal. Haddan tashqari go’zal. Bizda unday joylar yo’q (Bunyodkor stadionini hisobga olmasa ).
- Kichik shaharlar, katta shaharlardan ming barobar yaxshi. Tinch, sokin, osoyishta lekin zerikarli.
- New York va San Francisco shaharlari yashash uchun yaramaydi. Magaram multimillioner bo’lmasangiz.
- Musulmonlar uchun o’ta noqulay. Tahorat qilishga, namoz o’qishga, taomlanishga joylar juda cheklangan.
- Halol ovqat faqat lavash va donerdan iborat. 2 hafta yeganimiz shu bo’ldi.
- Amerika juda qimmat. Bitta bundayroq ovqatlanish (lavash + cola) 15-20$. Shifoxonaga ishingiz tushmasin, undan o’lgan arzonroq.
- Soliqlar . Narxlar soliqsiz yoziladi, kassaga borganingizda 10-15% qimmat chiqadi. Chalg’itadi.
- Maoshlar zo’r, soliqlar esa daxshat. Tayyor bo’ling.

Shaxsan men Amerikaga yashash uchun bormasdim. Lekin sayohat uchun har yili borishni reja qildim (viza berib turishsa, albatta).

Yoshlarga tavsiyam, o’qish va ish uchun boring, o’sha yerda qolib ketish uchun esa arzimaydi.

Bularning barchasi albatta shaxsiy fikr. Mingta odam, mingta fikr.

Qolgan taassurotlarni astalik bilan kanalda joylab boraman.