Get Mystery Box with random crypto!

Tanishing, Diyorbek. Ataylab Koreadan meni ko'rgani kelibdi. | Sariq Dev

Tanishing, Diyorbek. Ataylab Koreadan meni ko'rgani kelibdi.

Hayotini eshitib, siz bilan ulashgim keldi. Koreaga Turizm sohasida oʻqish uchun borgan va koʻpchilik kabi oʻqishni tashlab ishlashga chiqib ketgan.

Orada IT da oʻqiyotgan talaba bilan koʻrishib, dasturlashga qiziqib qolgan YouTubeda "Dasturlash Asoslari" darsimni koʻrib boshlagan. Keyin "Mukammal bot" darsini xarid qilgan.

Shu bilan dasturlashga qiziqib ketib, ishlaridan voz kechib oʻqishga jiddiy kirishibdi. Yoʻnalishini "Sunʼiy intellekt"ga oʻzgartirib, hozir 2-kursda tahsil olayotgan ekan.

Malayziyaga kelishi ham ajoyib boʻlgan. "Telegram bot" kursini koʻrib, @halalbread_bot yasagan. Bu bot chet eldagi musulmonlarga Halol restoran va doʻkonlarni topib beradi.

Shu bot bilan Koreadagi talabalar oʻrtasidagi tanlovda gʻolib boʻlgan va Singapurga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Yoʻl-yoʻlakay ataylab meni koʻrgani kelibdi.

Diyorbekning hikoyasini eshitib hursand boʻldim, taʼsirlandim. Motivasiya boʻlsin deb sizlar bilan ulashdim.