Get Mystery Box with random crypto!

Meni otam 30 yildan ortiq ekonomist bo'lib ishlagan. Hisob kit | Sardor Dushamov | PHP forever

Meni otam 30 yildan ortiq ekonomist bo'lib ishlagan. Hisob kitob bo'yicha tajribasi katta. Avvallari uyda manashu matoq bo'lar edi. Uyda ishlagan paytlarida taqur-tuqur qilib nimadirlarni hisoblab yozar edi, aniq esimda. Lekin man tushunmasdim.

Avvallari bu narsani ko'pchilik o'rgangan. Hozirda buni pulga o'rgatishadi, "mentalnaya arifmetika" deb. Yuqoridagi fikrlarga men ham qo'shilaman. Hozirda "kallada" hisob kitob qila oladiganlar kamayib boryapti, buni xohlagan do'konlarga kirib ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin. Kalkukyator turganda nima zarur dersiz? Xattoki eng yaqinlarimizni telefon nomerlarini ham eslab qolmaydigan bo'lib qoldik, chunki, telefonda kontaktlar bor. Oldin har bir uyda telefon kitob bo'lardi. Qidirib telefon qilinardi. O'ylashga, fikr qilishga ham o'rin qolmayapti bu chatgpt bilan. Bora bora oddiy narsalarni, maktabda o'rgatiladigan narsalarni ham o'rgatadigan pullik kurslar chiqib ketsa kerak. Tasavvur qiling, qo'lda, qalamda yozish bo'yicha olimpiada. Karra jadvalini o'rgatish kursi.

Ehh bu fikrlarni oxiri yo'q. Bir safar yaxshi taraflari ko'pku deb qolaman bu chatgptni, bir safar havflari haqida o'ylab, qo'rqib ketadi odam. Bo'pti chalg'imaymiz