Get Mystery Box with random crypto!

Yildan yilga yangi smartfonlar ishlab chiqilyapti. Har yangi s | Sardor Dushamov | PHP forever

Yildan yilga yangi smartfonlar ishlab chiqilyapti. Har yangi smartfon chiqqanida, kamerasi yildan yilga yaxshilanib boryapti. Va shu bilan birga, har bir rasm va videoning hajmi ham parallel ravishda oshib boryapti
Hozir bitta rasmni yaxshi formatda, tashqarida quyoshli yorug' kunda olinsa, o'rtacha 10-12 Mb joy egallayapti. Telefonlarimizda joy yetmay qolyapti yildan yilga.
Yana 2-3 yildan so'ng, mobodo telefonimizni o'zgartirmoqchi bo'lsak rasm videolarimizni o'tkazishga qiynalamiz. Chunki o'rtacha 80-100 GBlik rasm va medialarimiz bo'ladi. Ularni o'chirib yuborishga ko'zimiz qiymaydi.

Endi bunday paytda bizga bulutli xizmatlar yordamga keladi. Ularni narxi oyiga juda arzimagandek tuyuladi. Lekin ular shu kichik summa orqali bizni o'ziga bog'lab qo'yishadi. Boshqa yo'l yo'q! Bir tarafdan butun boshli ma'lumotlarimizni qo'sh qo'llab ularga beramiz


2-3 yildan keyin yana gaplashamiz Xudo xohlasa bu mavzuda :)