Get Mystery Box with random crypto!

Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor, Yuzingning i | @SardorbekEdu | ENGLISH

Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.

Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so’rorim bor.

------------------------------------------------------------
Bugun 14-fevral, buyuk davlat arbobi, shoir va yozuvchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan

Buyuk mutafakkir 1483-yilning aynan shu kunida Andijon shahrida tavallud topgan. Umrining so'ngini esa u Hindistonda o'tkazgan. Shoir mashhur Boburiylar sulolasi va imperiyasining asoschisi ekanligi bilan bir qatorda, bizga boy badiiy meros qoldirgan.

Barchangizni bobokalonimiz tavallud kuni bilan tabriklaymiz.

@SardorbekEdu