Get Mystery Box with random crypto!

Endi siz ham taniqli shaxslardek Yandex qidiruvida chiqasiz | Sardorbek Mukhiddinov

Endi siz ham taniqli shaxslardek Yandex qidiruvida chiqasiz


Yandex yangi xususiyatni ishga tushirdi. Endi u turli soha mutaxassislari uchun ochiq profilga aylandi. Ya’ni, Yandexda onlayn-vizit kartangizni qidiruv natijalariga qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Agar kimdir Yandex qidiruvida ism, familiya va mutaxassislik bo‘yicha ma’lum bir mutaxassisni qidirsa, u darhol o‘sha shaxsning tarjimai holi, ish tajribasi, yutuqlari va ma’lumotlarini ko‘radi.

Har bir mutaxassis bunday onlayn vizitkani o‘zi yaratishi va o‘z ma’lumotlarini skanerlash orqali tasdiqlashi kerak.


Foto: Yandex.com