Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher | Sardor To'xtayev |Official

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi 2023-yil 9-fevral kuni “NAVOIY VA SHARQ RENESSANSI” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Xalqaro simpoziumga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalar qabul qilinadi:

1. Sharq Uyg'onish davri: fan, adabiyot va madaniyat.
2. Alisher Navoiyning so‘fiylik she’riyati va ijodi.
3. Alisher Navoiy adabiy merosining jahon sivilizatsiyasidagi ahamiyati.
4. Temuriylar davrida kitobod san’ati.
5. Alisher Navoiyning ilmiy tarjimai holini yaratish muammolari.
6. Jahon navigatsiyasi: kecha, bugun va ertaga.
7. Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish muammolari.
8. Alisher Navoiy va jahon tilshunosligi.
9. Alisher Navoiy “Hamsa”si va komprativistika masalalari.
10. Alisher Navoiy va adabiy ta’sir masalalari.

Nomzodlardan maqolalarni 2022-yil 30-dekabrgacha info@navoifound.uz elektron manzili orqali tashkiliy qo‘mitaga yuborishlarini so‘raymiz.

Ma;lumot uchun: +998 55 5031441, 998 88 198-14-41, +998977505401
E-mail: info@navoifound.uz,  asyalka@yandex.ru

@Sardor_Tuxtayev_Official