Get Mystery Box with random crypto!

​ 'Zakovat intellektual klubi' NNT Xorazm viloyati 'Zakovat' k | TARIXLAR SARASI

"Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati "Zakovat" klubi "Birinchi liga" "Kuzgi mavsum" o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘ting!

Xorazm viloyati klubining "Kuzgi mavsum" o‘yinlari 8-sentabr sanasidan boshlab har hafta payshanba kunlari soat 18:00 da Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tadi. Klub o‘yinlarida ishtirok etish mutlaqo BEPUL!

Habaringiz bor, Prezidentimizning 96-sonli qaroridan keyin "Zakovat" intellektual o'yiniga bo'lgan qiziqish yanada oshib ketdi. Xozirda mukofot jamg'armasiga ega turnirlar ham tashkil qilinmoqda va asosan ularda qatnashish uchun "Zakovat" klubiga a'zoligingiz talab qilinadi.

Shuning uchun xozirdanoq jamoangiz bilan yoki yakka ishtirokchi bo'lib bizni safimizga qo'shiling va turnirlarda ishtirok qiling!

Unutmang bizda qatnashish uchun hech qanday cheklov yo'q, shunchaki sizda "Zakovat" Intellektual o'yiniga qiziqish bo'lsa yetarli!

Quyidagi havolalar orqali siz klubimizga a'zo bo'lishingiz mumkin:

"Birinchi liga" jamoalari ro'yhatdan o'tish uchun (faqat jamoa sardori to'ldiradi):
https://forms.gle/iqQ8SN4a1byzSH868
Ushbu arizani Yozgi mavsum reytingida Top 20 ga kirmagan barcha jamoalar, shuningdek yangi jamoalar to‘ldira oladilar.

Yakka tarzda ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/TdrCEAD65DmRbsg88
Ushbu arizani o'z jamoasiga ega emas, lekin Zakovat intellektual o'yinlarida qatnashish istagida bo'lgan yakka ishtirokchilar to‘ldira oladilar.

Shuningdek, "Birinchi liga"da ishtirok etishni xohlovchilar
@JumanovBehzod bilan bog'lanib qo'shimcha ma'lumotlarni olishlari mumkin!

Xorazm viloyati Zakovat intellektual klubi rasmiy telegram kanali:
@ZakovatNNT