Get Mystery Box with random crypto!

#tavalludlar Bugun 31-avgust - Habib Abdullayev tavallud topg | 📖📕SARA KITOBLAR📒📗

#tavalludlar

Bugun 31-avgust - Habib Abdullayev tavallud topgan kun

1912-yil 31-avgustda geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Habib Abdullayev tavallud topdi.

U 1956–1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritdi.

Habib Abdullayev 130 dan ortiq ilmiy asar, jumladan, 7 ta monografiya yozdi.

U O‘zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geologiya bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdi.

1962-yil 20-iyunda Toshkentda vafot etgan.

Habib Abdullayev 2002-yilda “Buyuk Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Kanalga ulanish
@sara_kitoblar_uz