Get Mystery Box with random crypto!

#buguntarixda Bugun 29-avgust - Mohach jangi bo‘lib o‘tgan ku | 📖📕SARA KITOBLAR📒📗

#buguntarixda

Bugun 29-avgust - Mohach jangi bo‘lib o‘tgan kun

1526-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan bu jang usmonlilarning to‘liq g‘alabasi bilan tugadi.
Mohach maydonidagi g‘alabadan bir necha kun o‘tgach usmonlilar qo‘shini Budaga kirib keladi. Garchi 1541-yilga kelibgina Buda to‘liq turklar qo‘liga o‘tgan bo‘lsa-da, Mohach jangidan so‘ng Vengriya qirolligi yagona hudud sifatida tugadi.
Uning g‘arbiy, keyinroq shimoliy qismlari Avstriya nazoratiga o‘tadi.
Markaziy va janubiy hududlar esa Usmonli imperiyasi tomonidan egallanadi.
Avstriya va Usmoniylarning Vengriya ustidan hukmronlik uchun doimiy kurashlari natijasida venger hududi talon-toroj bo‘ladi, qishloqlarda odam soni kamayib ketadi, ulkan soliqlar natijasida aholi qashshoqlashadi.
Usmonli saltanati uchun esa Mohachdagi g‘alaba Bolqonda mutlaq hukmronlik qilish imkonini berdi.
Endilikda yarimorolda turklarga qarshi tura oluvchi davlat qolmagandi va usmonlilarning keyingi nishoni Markaziy Yevropa — Venaga qaratiladi.

Kanalga ulanish
@sara_kitoblar_uz