Get Mystery Box with random crypto!

#buguntarixda Bugun 29-avgust - “Fidokorona xizmatlari uchun” | 📖📕SARA KITOBLAR📒📗

#buguntarixda

Bugun 29-avgust - “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta‘sis etilgan kun

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan 2003-yil 29-avgustda taʼsis etilgan.

Bu orden bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga,  mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini taʼminlashga,  jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qoʻshgan, oʻzining isteʼdodi, bilim va tajribasini Vatan ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini koʻrsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda 8 qirrali yoqut rangli yulduz shaklida  boʻladi.

Kanalga ulanish
@sara_kitoblar_uz