Get Mystery Box with random crypto!

#buguntarixda Bugun 29-avgust - “Buyuk xizmatlari uchun” orde | 📖📕SARA KITOBLAR📒📗

#buguntarixda

Bugun 29-avgust - “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta‘sis etilgan kun

Buyuk xizmatlari uchun ordeni - Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan 1996-yil 29-avgustda taʼsis etilgan.

Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishishiga sezilarli hissa qoʻshganligi uchun taqdirlanadilar.

Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman koʻrinishida boʻlib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan.

Ordenning qalinligi 8 mm, ogʻirligi 65 g .

Kanalga ulanish
@sara_kitoblar_uz