Get Mystery Box with random crypto!

Saodat yo‘lining eng ulugʼ va eng so‘nggi rahbari, Alloh taolo | Saodat asri qissalari

Saodat yo‘lining eng ulugʼ va eng so‘nggi rahbari, Alloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam janoblarining go‘zal, barkamol, o‘rnakli hayotlarini butun borligʼicha aynan tasvirlash, as’hobining unga nisbatan muhabbatini, vafodorlik tuygʼularini mukammal ko‘rsatish, dushmanlarining kin va hasadga to‘la xatti-harakatlarini to‘laligicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qo‘lidan kelmaydi. Masalan, Аbu Bakr hazratlarining janobi Rasulullohga (s.a.v.) bo‘lgan mehr-muhabbati, Аbu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz-chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar ham shu ummondan bir necha qatradir, xolos.
Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz e’tiboringizga havola etayotgan “Saodat asri qissalari” asari Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini qamrab oladi. Xuddi shu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan.
Nurulloh Muhammad Raufxon boshchiligida bu kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr qilingan va kitobxonlarning ko‘nglidan chuqur joy olib ulgurgan.
Bir guruh hazrati paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam oshiqlari sa’y-harakatlari yordamida ushbu asarning audiokitob varianti yaratildi va sizlarning hukmingizga havola qilinmoqda. Uni yoqimli ovoz sohibi Sanjar Sa’dullayev o‘qiganlar.
O‘ylaymizki, ushbu audiokitobni eshitganlar orasidan “Payg‘ambarimizni yanada yaqindan tanidim, yanada ko‘proq sevadigan bo‘ldim”, deydigan biror inson chiqar va huzuri ilohiyda ham shunday shohidlik berar. Ana shunda bu kitobdan kutilgan natija-mukofotga erishgan bo‘lamiz.
t.me/saodatasri_audiokitob