Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Kim Kahf surasini ju | 📜 Saodat asri sari 📜

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Kim Kahf surasini juma kuni oʻqisa, uning uchun oʻzi va ikki juma oʻrtasini yorituvchi nur porlaydi”, – deganlar (Imom Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilganlar. Sanadi sahih).

Sahl ibn Muoz ibn Anas juhaniydan, u kishi otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Kahf surasining avvali va oxirini oʻqisa, oyogʻidan boshigacha nurga koʻmiladi (nurli boʻladi). Kim uni toʻliq oʻqisa, uning uchun osmon bilan Yer masofasicha nur paydo boʻladi (porlaydi) (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari)

Kahf surasining fazilati toʻgʻrisida Nabiy alayhissalom bunday deganlar: “Kim Kahf surasi boshidan oʻn oyat yodlasa, dajjol (yomonligi, fitnasi)dan saqlanadi” (Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ahmad rivoyatlari).