Get Mystery Box with random crypto!

Kimni g'aflat o'ldirgan bo'lsa, baxtsizlik-u balolar uning ko' | 📜 Saodat asri sari 📜

Kimni g'aflat o'ldirgan bo'lsa, baxtsizlik-u balolar uning ko'zini ochirmaydi. Chunki aqli noqis ayol, bolasi o'lganda ham tirjayib turadi. Shunga o'xshab sen ham tun namozidan va kunduz ro'zasidan chetda qolasan, lekin ozorlanmaysan. Bu holat qalbingni o'lib qolganidan paydo bo'ladi. Chunki tirikka tikon kirsa ozorlanadi, o'likni pichoq bilan qiymalasa ham sezmaydi. Demak, sening qalbing o'libdi.
Shunday bo'lsa, hikmat majlislarida o'tirgin. Chunki ularda jannat ne'matlaridan tortiqlar bor. Ularni yo'llaringda, hovlingda va uyingda topasan. Ushbu majlislardan qolib ketmagin. Agar ma'siyat ustida bo'lsang ham:" Majlisga hozir bo'lishimdan ne foyda? Gunohkor bo'lsam, gunohni tark etishga kuchim yetmasa", demagin. Balki kamonchi otish kerak. Nishonga bugun tegmasa, ertaga albatta tegadi!
Ibn Atoulloh Sakandariy rohimahulloh

@saodat_asri_sarii