Get Mystery Box with random crypto!

'Xandaq' media jamoasidan ilk qadam Jamoamiz bilan Bismillah | Saodat asri qissalari

"Xandaq" media jamoasidan ilk qadam

Jamoamiz bilan Bismillah deb ilk qadamni tashlash arafasidamiz. Avvalo maqsadlar, rejalarga to'xtalishni niyat qilgandik.

Ammo, hozir shu qadar yangi kontent chiqazishga ishtiyoqimiz yuqoriki, loyiha, jamoa haqida to'xtalishni keyinga olib qo'ydik.

Birinchi qadamni Odinaxon Muhammad Sodiq qalamlariga mansub "Qizlarjon" kitobini audio shaklda kitobxonlarga taqdim etish bilan boshlamoqchimiz.

21-fevral sanasi, 19:30 da audio kitobimizning ilk qismini YouTube sahifamiz orqali tinglashingiz mumkin bo'ladi.

Premyeragacha yuqoridagi kichik intro-rolikni tomosha qilib, kitob haqida fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

YouTube sahifamizga obuna bo'ling va bizni qo'llab-quvvatlang: obuna bo'lish.

Telegram | Instagram | YouTube