Get Mystery Box with random crypto!

Санжар (uv)

Telegram kanalining logotibi sanjaruv — Санжар (uv) С
Telegram kanalining logotibi sanjaruv — Санжар (uv)
Kanal manzili: @sanjaruv
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-10-30 22:29:22 PDP Academy navbatdagi "Unicorn" grantini e'lon qiladi

Xabaringiz bor biz bundan oldin ham Unicorn ta'lim grantini e'lon qilgan edik.

Albatta bizning o'tgan galgi o'quvchilarimiz kursni a'lo baholarga tamomlab hozirgi kunda yirik loyihalar ustida ish olib bormoqdalar.

Biz yana kengaytirilgan holda grant e'lon qilamiz.

Balki bu imkoniyat sizniki bo'lishi mumkin.

PDP Academy - yorqin kelajak sari ilk qadam.

Batafsil ma'luot telegram kanalimizda:
@pdpuz


787774747

Ro'yxatdan o'tish
17 viewsedited  19:29
Ochish/sharhlash
2021-10-30 21:50:12 Ucell O'zbekistonda birinchi raqamli aloqa operatori

Abonentlar soni bo'yicha O'zbekistonda yetakchilik qilib kelayotgan Ucell O'zbekistonda 4G qamrovini 2018- yildagi 9,1 foizdan 2021- yil hisobiga ko'ra 74,3 foizga yetkazdi va O'zbekiston hududida birinchi bo'lib 5G internetini ishga tushirdi. Hozirda 5G interneti faqat Tashkent City biznes markazidagina qo'llab quvvatlanishi aytilgan. 2020- yil hisobiga ko'ra Ucell 7,9mln abonent bilan aloqa bozorida yetakchilikni qo'lga oldi va O'zbekiston aloqa bozorining 30,4 foiz ulushini egallamoqda.

Shuni aytib o'tish joizki Toshkent metrosida ilk bora Ucel abonentlari uchun sifatli mobil aloqa yo'lga qo'yildi.

Ucell - Hayotni yaxshilik sari o'zgartirib!
16 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2021-10-29 18:06:45 Ismingizni to’g’rilashdan boshlang

Ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor berishimiz shart bo’lgan ba’zi bir muhim narsalar haqida. (Ehtiyot bo’ling chili qo’shilgan gaplar))

- ijtimoiy tarmoqlarda iloji boricha o’zingizni ism-familiyangiz bilan ifodalang;
E’tibor bersangiz, insonlarga dastlab ko’rinishi, so’ngra ovozi undan keyin esa fikrlari orqali baho beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham xuddi shunday: dastlab ko’rinishidan (yozib qo’ygan ismi va qo’ygan rasmidan), so’ngra yozishmasidan, undan keyin esa yozishmadagi ma’nodan…

Profilingizda ism-familiyangizni yozib qo’yishingiz - sizni haybatli, jiddiy va mas’uliyatli qilib ko’rsatadi. Lekin, profilingizda “sevgm senga uvol, kechrmaymn yuqol”, “shokoladka” deb yozib qo’ysangiz sizni qanday tushunish kerak?!

Bittasini o’qib qotib qolibman, 25 yoshga kirib, kunning yarmida, hayotimda bunchalik bema’ni gap o’qiyman deb o’ylamagan edim: “qizimi sensrli ayfoni bolmasayam gulli romoli bosn”, ekandaa Eng qizig’i telegram profilida shunaqa yozib qo’yishadi.

Bunaqa narsalar sizning haybatsiz va qadrsiz ekanligingizni bildiradi. Vazningiz yo’q. Insonning vazni, haybati va chiroyi uning muomala madaniyati bilan belgilanadi. Muomala madaniyatining birinchi alomati esa, ism-familiyasini to’g’ri yozishi. Xullas bu borada gapirsa gap ko’p.

- iloji boricha o’zingizning rasmingizni qo’ying;
Profilingizda asosiy fonda turadigan eng chiroyli narsa bu - o’zingizning rasmingizdir. Yoki, aynan sizni ifodalay oladigan bir surat. Albatta hammaga ham o’zining suratini joylash yoqmaydi, bunday holatlarda hech bo’lmaganda yuqoridagidek aforizmlar yozilgan rasm qo’ymang, iltimos. “dostlarim kasal bolsa kerak bolsa ibn sinoni uygotaman”, auf, degandek…

O’zingizni hurmat qiling, shundoq chiroyli yuzingizga nomunosib narsani yopishtirib olyapsiz.

- yozishmalaringizga juda e’tiborli bo’ling;
Farosatsizlarcha yozmang. Chiroyli salom bilan boshlang, sog’liq so’rang, undan keyin maqsadga o’ting. Muammolaringiz va dard-u dostonlaringizning o’rni bo’lmasa (modomiki buvijoningizga yozmayotgan bo’lsangiz) yozmang. Ishonavering u hech kimga qiziq emas. So’roq, undovlarni bitta qo’yavering, 3 ta qo’ymang (??? qilib, yoki befarosatmisiz…)

Xatlaringizni bo’lib yozmang. Bu juda muhim.

Bilmadim-u, menga juda ko’p murojaat bo’lganiga, oxirgi paytlar shunaqa narsalarga e’tibor bermagan odamlarga javob bergim ham kelmaydi.

Imloda xato qilishimiz bu - eng katta dardimiz…

Yuqoridagilar eng muhim narsalar. Shularning o’zini o’z o’rnida qo’yish bilan siz istagingizning 40 foiz qismini hal qila olasiz. Ayniqsa bu narsalarga e’tibor beradigan joylarda.

Ishga kirish maqsadida murojaat qilayotgan bo’lsangiz yozishmalarda quyidagilarga amal qilishingiz zarur:

- yuqoridagilarga amal qilgan holatda, rezyume tashlang;
- o’zingiz haqingizda iloji boricha to’liqroq ma’lumot bering;
- portfolioyingiz bo’lsa, uni ham tashlang;
- xarakteringizni ko’rsatmang;

Lekin nima yuborsangiz ham “forward” qilmang, iltimos. Bu hamma ham sezmaydigan farosatsizlikning everest nuqtasi hisoblanadi.

Biz bu ketishda qachon jamiyatni izzatli qilamiz hayronman, to’g’ri muomala qilishni ham bilmaymiz hali.

@alizairov
19 views15:06
Ochish/sharhlash
2021-10-29 17:38:06 Gilam yuvish xizmati

Changyutgich va o'zingizni ha deb qiynamang

Bolalarning sho'xligi, o'yinqaroqligi va gapga kirmasligi tufayli uyda ko'plab tartibsizliklar ro'y beradi.Bu holat uy mebellari va gilamlarning eskirish yoki talabga javob bera olmaslik holatlarini keltirib chiqarada.Bechora ona nimayam qilsin o'sha gilamlarni changyutgichda tozalaydi yoki hovliga olib chiqib sovuq suvda ota onam qilgan ishni qilaman deb sovuq suvda gilamni yuvishga kirishadi. Bu birinchi navbatda o'zining sog'lig'iga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Iwash Tashkent jamoasi sizga yordamga keladi.Biz gilamni sizning uyingizdan olib ketamiz va mo'jizaviy tarzda qayta topshiramiz
21 views14:38
Ochish/sharhlash
2021-10-29 17:38:05 Gul do'koni

Dunyodagi eng qimmat va kamyob gul haqida eshitganmisiz?

Gullar o'zlarining go'zalliklari bilan samimiy quvonch baxsh etadigan tabiatning eng ajoyib ijodlaridan biridir. Ular nafaqat bizning uylarimizni bezatibgina qolmay, balki yaqinlarimizga e'tibor belgilarini ko'rsatishga imkon beradi. Siz o'z his-tuyg'ularingizni kamtarona guldasta yoki yig'ilgan yovvoyi o'sayotgan gullar bilan ifoda etishingiz mumkin, ammo narxi juda katta summaga yetgan gullar bor va ularni hamma ham bajara olmaydi.

Dunyodagi eng qimmat gullarga Rothschild papiopedilum orkide yoki kiradi "Kinabalu oltin"... Bir gulning narxi 300 ming rublga etadi. Zavodning yuqori narxi uning noyobligi bilan izohlanadi - tabiatda Rothschild papiopedilum kamdan-kam uchraydi. Aytgancha, bu ajoyib orkide birinchi marta 14-15 yoshdan oldin gullaydi. Orkide Borneo orolida joylashgan Kinabalu tog'ida faqat ikki joyda o'sadi.
16 views14:38
Ochish/sharhlash
2021-10-29 17:38:05 Кофе с собой

Qirolning kofe ustida o'tqizgan tajribasi

Qahva birinchi marta Shvetsiyada 1674 - yilda paydo bo'lgan.1746 - yilda "choy va qahvani" haddan tashqari ko'p miqdorda iste'mol qilish tufayli choy va qahvaga qarshi qirollik farmoni e'lon qilindi.Vaqtlar o'tib qahva butunlay taqiqilangan va, ammo taqiqlanganiga qaramay, uni iste'mol qilish davom etgan.Shved qiroli Gustav III (1746-1792) qahvani aholi salomatligiga tahdid deb hisobladi va buni ilmiy tajribaga buyurtma berish orqali isbotlashga qaror qildi.
Qirol ikkita egizak yordamida tajriba o'tkazishni buyurdi. Ikkala egizak ham umrbod qamoq jazosiga tayinlangan mahbuslardan edi. Ulardan biri umrini ohirigacha har kuni 3 piyoladan qahva egizagi esa shuncha miqdorda choy ischishi shart edi.Bu ishga ikkita shifokor jalb qilindi.Ikkala shifokor ham tabiiy sabablarga ko,ra tajriba tugaguniga qadar vafot etdilar.Gustav III ham natijani ko'ra olmasdan olamdan o'tdi.Egizaklar orasida choy ichuvchi birinchi bo'lib 83 yoshida vafot etgan.Ikkinchi egizakning o'limining aniq sanasi noma'lum.

Biz esa sizga butunlay bezarar va foydalilik darajasi anchayin yuqori bo'lgan Braziliya dalalarida yorqin quyosh nurida yetishtirilgan asl qahvalarni taqdim etamiz!

Murojat uchun....
19 views14:38
Ochish/sharhlash
2021-10-29 17:38:05 Yetkazib berish xizmati

Buyurtmangizni formula 1 poygachilari yetkazib bersa okeymi?

O'tgan 1 yil ichida karantin sabab ko'pchiligimiz uyda qolib ketdik.Istirohat bog'lari, konsertlar, ichki va tashqi turizm hattoki kafe restoranlarga ham tashrif buyurishning iloji bo'lmadi.Albatta sog'lig'imiz o'zimizga kerak ammo mazali va to'yimli taomlarni tanavvul qilib oila davrasida xursandchilik qilishga nima yetsin.Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Misol uchun yetkazib berish xizmatini olaylk.
Biz sizga o'z xizmatimizni taklif qilamiz.Siz hohlagan restorandan o'zingiz hohlagan taomni qisqa vaqt ichida dasturxoningizda hoziru nozir qilamiz.
Murojat uchun: @yetkazibberish
Tel:+998999999999
16 views14:38
Ochish/sharhlash
2021-10-20 15:24:20 Nega men blog yuritishim kerak?


Men hozirgi vaziyatda blog yuritishim zarur deb hisoblayman.Chunki hozirgi davrda IT sohasi shiddat bilan o'sib borayotganligini hisobga olsak men blog orqali foyda ko'rsam ko'ramanki zarar ko'rmayman.


Chunki blog brendni yoki shaxsiy brendi ommaga tanitadigan va mashxur qiladigan yo'llarning eng qisqa va samaralisidir.


Blog orqali men noodatiy,qiziqarli,life,o'z biznesimga aloqador kontentlarni muntazam tarzda auditoriyaga taqdim qilib boraman.


Bu o'z vaqtida auditoriyaning ishonchini qozonishimga yordam beradi va mijozlar soni sezilarli darajada ortadi!
22 views12:24
Ochish/sharhlash