Get Mystery Box with random crypto!

Bugunam yangi ma'lumot berishim kereyakan hozir o'zim o'rganga | Sanjar Toshpo'latov

Bugunam yangi ma'lumot berishim kereyakan hozir o'zim o'rgangan yangi ma'lumoti berib o'taman.

AIDMA modeli

A - Attention (e'tibor)
I - Interest (qiziqish)
D - Desire (istak)
M - Motivation (motiv)
A - Action (harakat)

Ko'pchilik AIDA modeli haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin lekin AIDMA haqida eshitganmisiz?

Keling hozir biz SMM kursi uchun bir sotuv posti yaratamiz ushbu formula bo'yicha!

E'tibor - ya'ni odamlarini jalb qila oladigan gap beramiz
Hali ham ish topa olmayabsanmi?

Interest- Endi gapni yanada to'ldirib odamlarni matni oxirgacha o'qishigan qiziqish uyg'otamiz
Qanchadan qancha joyga ishga topshirmoqdasan lekin hechkimni seni ishga qabul qilgisi kelmayabti. Biliming yaxshi ekanligiga o'zing ishonasan ammo ularni biznesini rivojlantirib berishingga o'zing ishonmayabsanmi?

Desire - endi insonlarda kursni o'qishi uchun istak paydo qilamiz
Marketolog birinchi navbatda o'zini sota olish qobilyatiga ega bo'lishi kerak, avvalo o'ziga mijoz topa olish qobilyatiga ega bo'lishi kerak. Biz senga o'zimizning SMM kursimizda nafaqat SMM loyihalar yuritishni o'zingga ham mijoz topishni va undan qanday qilib loyiha olishni o'rgatamiz.

Motivation - kursni hoziroq o'rganishi uchun motiv beramiz
Uni-buni qo'y 90 baldan oshirsang kerak bo'lsa o'zimiz ish topib beramiz. Aytgancha 30-dekabrgacha bizda kurslarimizga 30 foiz chegirma mavjud.

Action - Uni harakatga chorlaymiz. Shuncha narsa ettik endi u nima qilishi kerakligini unga aytamiz.
Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik uchun hoziroq ushbu raqamlarga qo'ng'iroq qil +998 9x xxx-xx-xx (yoki izohlarda istalgan belgini qoldir va qo'shimcha ma'lumotga ega bo'l)

P.S: Ushbu matn kurslarni o'qib lekin hali ham loyiha ololmayatgan SMM menejerlar uchun yozilgan va reklama aynan ularga ko'rsatilishi kerak. Imloviy xatolar bo'lishi mumkin, man faqat formula bo'yicha qanday matn yozish kerakligi haqida o'zimning subyektiv fikrlarimni aytib o'ttim