Get Mystery Box with random crypto!

Oʼzbekistonda xotin xizmati qanchaga baholanadi? Oʼzbekistond | Sanjar Toshpo'latov

Oʼzbekistonda xotin xizmati qanchaga baholanadi?

Oʼzbekistonda xotin xizmati qanchaga baholanishi hisoblab chiqilgan. Faraz qiling, mehribon er oʼz xotinini uy-roʼzgʼor ishlaridan ozod qilib, bu uchun maxsus odam yollasa-a? Xoʼsh, bu qanchaga tusharkan? Taniqli biznes xonim Nodira Vohidova bu kabi xizmatlar narxini Toshkent misolida hisoblab chiqqan.

Mazkur kichik tadqiqot “Isteʼmolchi.uz.” hamjamiyatida chop qilingan. Taxminiy hisob-kitob ikki bolali (7 va 2 yosh) uy bekasiga nisbatan ishlab chiqilgan.

Uy bekasining bir oylik mehnati qanchaga tushadi?

Kvartirani tozalash – 8 soatga 20 dollar, demak, 1 soati 2,5 dollarga tusharkan
Ovqat pishirish – 4 soatga 10 dollar, 1 soati 2,5 dollardan
Enagalik – oyiga 250 dollar
Repetitorlik – 1 soatga 5 dollar

Natija:

Har hafta uyni tozalash
– 20dollardan*haftada 4 marta = 80 dollar
Uyda tozalikni saqlash – 26kun*1soat*2,5dollardan = 65 dollar
Ovqat pishirish– 30kun*2,5dollardan = 75 dollar
Bolalarga qarash – 250 dollar
Bolalar bilan uy vazifalarni bajarish – 24kun*1soat*5 dollardan = 120 dollar
Jami: 80+65+75+250+120 = 590 dollar

Intim xizmatlar va bola tugʼish hisobga olinmagan va ular “muhabbat tufayli” nomdagi ustunga kiritilgan. Oqibatda, agarda ayol boshqa birovning qoʼilda ishlab, uy-roʼzgʼor ishlarini bajaradigan boʼlsa, bir oyda 500 dollar olarkan. Аslida esa – unga bir tiyin ham berilmaydi. Oʼziga qarashga va kiyim olishga pul berilsa ham – katta gap...

Xulosa: Yigitlar uylanaman, uylanaman diyishdan oldin ayolingiz uchun har oy shuncha oylik ajratishga tayyor bo'ling!