Get Mystery Box with random crypto!

Ertalab ikki xabar o‘qidim. Birinchi xabar: “MittiVine” asosc | Sanjar Xo‘ja

Ertalab ikki xabar o‘qidim.

Birinchi xabar:
“MittiVine” asoschisi Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi.

Alloh Farhodni o‘z rahmati bilan Jannatga kiritsin. Alloh uning onasiga sabr bersin!

Ikkinchi xabar:
«Narkoz ko‘p berib yuborilgan» — Mannopovning o‘limi yuzasidan dastlabki ma'lumot berildi.
(Manbaa: EffectUz)

G‘amgin bo‘ldim. Ichimdan shu gaplar o‘tdi:

"Biror davlatni yo‘q qilish qilish uchun atom bombasi shart emas. Ta'lim sifatini pasaytirib, imtihonlarda ko‘chirishga (shpargalkadan foydalanishga) imkon berish yetarli.
Ana shunda:
Bemorlar - shifokorlar qo‘li bilan o‘ladi,
Binolar - muhandislar sababli qulaydi,
Pul - iqtisodchilar vositachiligida o‘mariladi,
Insoniylik - din vakillari orqali unutiladi,
Adolat - huquqshunoslar oyoqlarida toptaladi".

@sanjar_xoja