Get Mystery Box with random crypto!

Kecha o‘smirlik davrimni esladim. Darsdan keyin, ba'zan darsd | Sanjar Xo‘ja

Kecha o‘smirlik davrimni esladim.

Darsdan keyin, ba'zan darsdan qochib kompyuterxonaga borardik. Sinfdoshlar bilan "Counter Strike" o‘ynardik. Undan avvalgi yillar "Sony"xonada futbol o‘ynardik. Bolaligimiz esa "Dendy" o‘yinlari bilan o‘tdi.

Kutubxonaga ham borganmiz. Katta kutubxona bo‘lardi. 8-sinfdaligimda kutubxonani sotib yuborishdi.

To‘garakka ham borganmiz. O‘qituvchilar chaqa oylik olgani uchun xafsalasi yo‘q edi. Keyin to‘garak yopildi. Bino sotildi.

O‘zbekistonning 90 foiz aholisi musulmon. Musulmon Qur'on o‘qishni bilishi kerak. Lekin diniy dars beradigan kursga bormaganmiz. Qur'on o‘rganish nari tursin, ro‘mol o‘ragan sinfdosh qizlarni yig‘latib, boshini ochishdi.

Shunday muhitda o‘sdik, katta bo‘ldik. Endi yosh avlod o‘yinga berilganini tanqid qilyapmizmi? O‘yin o‘ynamasligi uchun nima beraolamiz? Cheklash yechim emas, o‘yinga alternativ bormi?

O‘smirlarni tanqid qilishdan oldin, ularga qoldirgan muhitimizga qaraylik. Ular o‘yin o‘ynayotgandir, biz qachon kitob o‘qidik?

@sanjar_xoja