Get Mystery Box with random crypto!

Eng rivojlangan davlatlar haqida ma'lumot: 1. Kamerun davlati | Sanjar Xo‘ja

Eng rivojlangan davlatlar haqida ma'lumot:

1. Kamerun davlati. Afrikada joylashgan.

Chapdagi kulrang galstukli akamiz 41 yildan beri Kamerun Prezidenti. Konstitusiyani pol lattadek o‘zgartirib, mansabda qolyapti. Shuning uchun Kamerun dunyodagi eng rivojlangan davlat hisoblanadi. Korrupsiya va qashshoqlik bo‘yicha!

2. Uganda davlati. Afrikada joylashgan.

O‘rtadagi nur yuzli akamiz 37 yildan beri Uganda Prezidenti. Konstitusiyani paypoqdek o‘zgartirib, mansabda qolyapti. Ugandada yer osti boyliklari ko‘p. Shunga qaramay halq qashshoq.

3. Eritre davlati. Afrikada joylashgan.

O‘ng tarafdagi Abdulla Aripovga o‘xshaydigan akamiz 32 yildan beri Prezident. Eritre davlati yuqoridagi 2 davlat bilan raqobatchi. Korrupsiya va qashshoqlik bo‘yicha jahon chempionatida!

@sanjar_xoja