Get Mystery Box with random crypto!

​​ Muhim xabar emas, shunchaki Hayrli kun hammaga a'lo kayf | Sanjar 🇰🇷 Narmuradov | Korea blog

​​ Muhim xabar emas, shunchaki Hayrli kun hammaga a'lo kayfiyat ) kimlarga javob berolmayotgan bo'lsam albatta oxirigacha o'qing

Juda ko'plab xabarlar keladi. O'zbekistondan, Rossiyadan, Qozog'istondan, Koreyani o'zidan, gohida Evropada va Yaponiya o'qiyotgan ukalarimizdan, asosan Koreyada Grantda o'qish, o'qishga qabul va o'qishni ko'chirish va yashash masalasida, umuman aytganda maslahatlar so'rashadi. Ayrim payt xabarlar soni 200 ga yetadi.

Nima uchun bu haqda yozyapman, sababi yozganlar orasida yaqin ukalarim, singillarim, shogirtlarim ham bo'ladida, vaqtida javob berolmaganim sabab, orasida haftalab javob berolmagan xabarlarim bor, shunda vaqt topib javob berganimda "Sanjar akam mandan xafa bo'libdilarmi?" degan hayollarga ham borishar ekan Man hech kimdan xafa emasman, shuni yozib qo'yay, jirniy qilib

Endi esa oddiy misol: 1-iyun Bolalar kuni bayram edi, Koreyada ham dam olish bo'ldi. Ammo ukam uchib kelgandi, airportga ertalab soat 6 da chiqib ketdim Seuldan Inchonga. Kuzatib olib, qaytguncha soat 15:00 atrofida edi. E'tibor bering, bir kunimni asosiy qismi o'tdi. Muhimi yaxshi uchib kevoldi va acha suhbatlashvoldik.

Xulosa qilamiz, taxminan 200 ta xabarga to'xtovsiz kamida 5 daqiqadan vaqt ajratsam 17 soat, 7 daqiqadan 23 soat to'xtovsiz faqat telegramni o'ziga javob berishimga to'g'ri kelarkan

Avvalo doim imkon topib javob berishga harakat qilaman, alohida vaqt ajrataman. Asosiy vaqtim hozirda yangi loyihalarga va qo'shimcha farzandlarim tarbiyasiga ketadi. Xabarlar ko'pligi sabab, va bo'sh vaqtim kamligi sabab to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.

Ha aytgancha dam olishni, tabiatga chiqib turishni unutmang va ko'proq ota-ona va yaqinlaringizdan xabar oling!

Hurmat bilan, Seuldan @Sanjar_Narmuradov