Get Mystery Box with random crypto!

Sangardaklik yoshlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi Yoshla | 💼💼САНГАРДАК АРХИВ🧳🧳

Sangardaklik yoshlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Yoshlarni kompyuter savodxonliklari, kasbga yo‘naltirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish , shu bilan birga harbiy sohaga qiziquvchi yoshlarni ushbu sohaga oid ta'limga yo'naltirish maqsadida Termiz harbiy prokuraturasi  tergovchisi adliya leytenanti Sardorbek Habibullayev,  Sariosiyo tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i  podpolkovnik Umidjon Qurbonov hamda tumandagi harbiy qism askarlari va 16-umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuv davomida o'quvchilar tomonidan berilgan turli xil savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.  Shuningdek, harbiy qism xizmatchilari harbiy qurollar va ko'rgazmalar orqali tushuntirish ishlari olib bordilar.

Kanalga obuna bo‘ling

https://t.me/sangardak_arxiv


.