Get Mystery Box with random crypto!

SANAMJON 🎀🎀🎀

Telegram kanalining logotibi sanamjon_1 — SANAMJON 🎀🎀🎀 S
Telegram kanalining logotibi sanamjon_1 — SANAMJON 🎀🎀🎀
Kanal manzili: @sanamjon_1
Toifalar: Musiqa , Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.43K
Kanalning ta’rifi

🔮 MOTIVATSIYALAR;
🏞 FOTO va
🎗 STATUSLAR;
🎙 RETRO va KLASSIKAlar;
🎧 AUDIO va 🎥 VIDEOlar;
🎼 SOUNTREKLARning eng yaxshilari
faqat BIZDA! 🤗🤗🤗
📌 Reklama va takliflar uchun:
@sanamjon_reklama_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2021-12-17 08:52:42
Assalomu alaykum!

Musulmon ahliga - Mo'min va Mo'minalarga JUMA MUBORAK BO'LSIN!

Qadrli Yurtdoshlar, Xonadoningiz uzra bu kunning barokoti yog'ilsin!

Mudom qalbingiz Yaxshiliklar, Xushxabarlar, Sahovatlarga ochilaversin, Azizlar!

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
3.6K viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:33:10
KITOB O'QISHNING FOYDALARI

Ko'p kitob o'qiydigan bolalar darslarni yaxshi o'zlashtirishadi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o'qishni xush ko'radigan bolalar maktabda ham yaxshi o'qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o'zlashtirishadi.

Kitob o'qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul hisoblanadi. Atigi 6 daqiqa kitob o'qish asabiylashishga barham beradi.

Mutolaa qalbni yumshatadi.
Kitob o'qish jarayonida o'quvchi qahramonlar bilan birga bo'ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo'ladi. Badiiy asar o'qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg'ularini yaxshi tushunar ekan.

Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi. Kitob o'qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishiradi.

Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi. Kitob o'qish tushkunlikni davolahning eng samarali vositasidir. Tushkunlakka chalingan bemorlar kitob o'qishni boshlaganlaridan so'ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamayadi.

Kanalimizga obuna bo'ling!

Link: @sanamjon_1
4.0K viewsedited  04:33
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:20:28
Икки оғиз сўз қудрати:

СОҒ ОМОНМИСИЗ? - эшитиб қалбингиз ҳузур топади.

НИМА ДЕЙСАН? - юрагингиз тўхтагандек ҳис қиласиз, ўзингизни.

СОҒЛИГИНГ ЯХШИМИ? - яна яшагингиз келади.

ҚАЧОН ҚАРАМА КАСАЛСАН-А!? - дардингиз ўн чандон кўпаяди.

ХАФА БЎЛМА - ҳайрият кимдир менга қайғуряпти.

ЎЗИНГ АЙБДОРСАН! - ўлганни устига чиқиб тепиш.

БАХТЛИ БЎЛАСАН! - бахт сари учишга биринчи қанот.

БУ КЕТИШДА ҲЕЧ ҚАЧОН БАХТЛИ БЎЛМАЙСАН! - орзуга ўлим.

ҚЎЛИНГДАН КЕЛМАЙДИ, ОВОРА БЎЛМА! - оёқдан чалиб йиқитиш.

АЛБАТТА ЭПЛАЙСАН САНГА ИШОНАМАН - юқорига чиқиш учун зина.

БИЛМАДИМ, БУ КЕТИШИНГДА …. - Яхши кунларга бўлган ишонч тамом.

ҲАММАСИ ЯХШИ БЎЛАДИ – Эртанги кунга умид.

Давом этаверсам ҳеч қачон тугамайди. Азизларим, икки оғиз сўзингиз билан кимгадир қанот бағишлашингиз мумкин ёки яна икки оғиз сўзингиз билан қанотини синдиришингиз мумкин экан.

Яхши сўз ҳам, ёмон сўз ҳам бир оғиздан чиқади, атрофдагилардан ширин сўзингизни аяманг...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
3.6K viewsedited  04:20
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:13:13 Kayfiyatni ko'taring!

TOUCH AND GO

Tango In Harlem

MUSIC TIME

Siz sevgan ohanglar sehri

SANAMJON da...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
3.3K viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:09:20
HAYRLI KUN!

Bilasizmi, Qahva ichimliklarini sevuvchilar stomatolog huzuriga kamroq tashrif buyurishadi. Darhaqiqat, qahvalarda bakteriyalarning tishlarga joylashishiga yo'l qo'ymaydigan elementlar mavjud ekan. Lekin qahvani ichib bo'lgach, og'zingizni chayishni unutmang! Chunki qahva qoldiqlari tish emallarini yemirishi mumkin.

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
3.9K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:49:54
Фиръавннинг аёли.

Ушбу ВИДЕОни охиригача
ДИҚҚАТ билан кўринг!

Қуръонда зикри келган
аёллар қиссаси... (9-қисм)

(Давоми Жума кунлари берилади)

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
6.3K views10:49
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:44:51
Техник носозлик учун узр
сўраймиз, қадрли мухлислар!

Ва бугун қиссанинг давомини
ҳам тақдим этамиз!

Ушбу ВИДЕОни охиригача
ДИҚҚАТ билан кўринг!

Қуръонда зикри келган
аёллар қиссаси... (8-қисм)

(Давоми Жума кунлари берилади)

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
5.7K viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash
2021-12-10 09:12:25 JUMA MUBORAK!

MAHER ZAIN

Assalamu alayka

MUSIC TIME

Siz sevgan ohanglar sehri

SANAMJON da...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
5.0K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2021-12-10 09:08:21 JUMA KUNINING SIRLARI...

Juma kunining boshqa kunlardan afzallik jihatlari juda ko’p. Ulardan biri shuki, juma kuni aynan juma namozi uchun g’usl qilib, namozga ertaroq kelgan, namoz va masjid odoblariga rioya qilib namoz o’qigan bandaning har bir qadamiga bir yillik namoz va ro’zaning savobi beriladi. Juma kunining hurmati bu kun kirmasdan oldin, istilohda juma oqshomi deyiladigan paytdan boshlanadi. Jumaga o’sha paytdan boshlab tayyorgarlik ko’riladi.
Juma kunining bomdod namozini imkon qadar masjidda, jamoat bilan o’qishning mandubligi haqida ko’p gapirilgan. Hazrati Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: «Juma kunida aytilgan salavot menga ko’rsatiladi», deganlar. Juma kunida duolar ijobat bo’ladigan bir payt bor. Bandaning duosi o’sha paytga muvofiq kelib qolsa, uning ijobat bo’lishiga shubha yo’qdir.

Hadisi shariflarda juma namozi uchun ertaroq kelishning o’zi alohida ta’riflangan. Bu namozga qaysi payt kelgan odamga qanchalik savob yozilishi haqida batafsil aytilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg’ambar alayhissalom shunday dedilar: «Kimki juma kuni g’usl qilib, masjidga juma namozining avvalgi soatida kelsa, uning savobi bir tuyani qurbonlik qilgandek bo’ladi. Undan keyingi soatda kelgan odam bir molni qurbonlik qilgandek bo’ladi. Uchinchi soatda kelgan odam shoxdor qo’chqor qurbonlik qilgandek bo’ladi. To’rtinchi soatda kelganlar bir tovuqni qurbonlik qilgandek bo’ladi. Beshinchi soatda, oxirida kelgan odam bitta tuxumni qurbonlik qilgandek bo’ladi».

Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasaiy, Termiziylar rivoyat qilishgan.

Juma kuni imom minbarga xutba uchun chiqqanda farishtalar hozir bo’lib, uni tinglaydilar. Demak, jumaga faqat musulmon bandalar kelmas ekan, balki xutbani eshitish uchun farishtalar ham hozir bo’lishar ekan. Farishtalar hozir bo’lgan jamoat naqadar go’zal, naqadar muhtaram jamoat bo’ladi! Shuning uchun bunday jamoatning o’ziga yarasha odoblariga rioya qilishimiz lozim. Shuning uchun jumaga, jamoatga keladigan odam g’usl qilib kelishi kerak. Bu g’uslning hikmatlaridan biri nafaqat najosatni, hatto badandagi noxush hidlarni ham ketkazishdir. Zero, juma kuni masjidda odatdagidan kattaroq jamoat to’planadi, izdihom bo’ladi. Farishtalar esa nihoyatda nozik xilqat bo’lgani uchun ularga ozor bermaslikka harakat qilinadi.

Rahmatulloh SAYFUDDINOV, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,
Toshkent Islom Instituti o’qituvchisi, «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi

Manbaa: Mehrob.uz

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
4.5K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2021-12-10 09:05:56
АССАЛАМУ АЛАЙКУМ!

Кечиримли Қалб хотиржам яшайди.

Қадарга рози нафс ҳақиқий бахтга эришади.

Доим «АЛҲАМДУЛИЛЛАҲ» дейдиган руҳни табассум тарк этмайди.

Ҳар лаҳза «Астағфируллоҳ» дейдиган тил ила дунё ва ундаги бор нарсаларнинг қулфи очилади.

Эй Аллоҳим! Албатта, биз доимий имонни, қўрқувчи қалбни, содиқ ишончни, тўғри динни, барча балолардан мукаммал офиятни, давомли офиятни, офиятга шукр этишни ва инсонлардан беҳожат бўлишни Сендан сўраймиз. Омин!

Астағфируллоҳ.
Астағфируллоҳал Азийм ва атуубу илайҳ.

Кунингиз ҳайрли ва барокотли ўтсин, Аллоҳ гуноҳларимизни маҳфират этсин, Азизлар!

ЖУМА МУБОРАК!

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
5.4K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash