Get Mystery Box with random crypto!

Xudo yer-u osmon, oy-u quyosh, o‘simlig-u hayvonlarni yaratgac | SANAMJON 🎀🎀🎀

Xudo yer-u osmon, oy-u quyosh, o‘simlig-u hayvonlarni yaratgach dunyo mukammalligi uchun yana bir mavjudotni yaratmoqni niyat qilibdi. U tuproqdan Odamning jismini yaratibdi va unga jon ato etish uchun o‘z nafasidan ruh ya’ni qalb kiritibdi.
Shunda Tangri farishtalarni huzuriga chorlab, “Barchangiz Odam qarshisida ta’zim qilingiz!” deb buyuribdi. Barcha farishtalar Yaratganning cheksiz qudrati mevasi – Odam qarshisida bosh egibdilar. Birgina Iblis o‘z mag‘rurligi bois bundan bosh tortibdi. “Men olovdan (nurdan) yaralganman, bu esa qora tuproqdan binoga kelgan. Men o‘zimdan quyi mavjudotga bo‘yin egmayman” – debdi Iblis. Shunda Tangri “Ey Iblis, sen nimaniki bilgan bo‘lsang men senga bildirgan narsalarnigina bilasan. Uqqan bo‘lsang – men senga uqish imkonini bergan narsalarnigina uqqansan. Shunday ekan, mening cheksiz marhamatim oldida bosh eg!” – deb buyuribdi. Ammo Iblis qaysarlikni qo‘ymabdi. Bu o‘zbilarmonligiga jazo tariqasida Tangri shaytonni Jannatdan yer yuziga surgun qilibdi.
Odamzodni esa Jannatga hokim qilibdi. U Jannat bog‘idagi hech bir maxluqotdan qo‘rqmas ekan – chunki Xudoning amri bilan barcha jonzotlar bir-birlariga mehribon va g‘arazsiz ekanlar. Unga Bihishtning barcha ne’matlaridan bahramand bo‘lish erkinligi berilibdi – faqat birgina mevani tanovul qilish man etilibdi.
Odamga hamrohlik va dilkashlik qilishi uchun Tangri Havoni yaratibdi. Ikkisi Jannatda baxtli yashayotganini ko‘ra olmagan Iblis ilon qiyofasida Jannatga kirib, Odam va Havoga yaqinlashibdi. “Sizga bu mevaga tegish nega man etilganini bilasizmi?” – debdi u, - “Agar siz bu mevadan yeb ko‘rsangiz, siz Xudo bilgan narsalarni bilib olasiz, unikichalik qudratga ega bo‘lasiz. Xudo buni istamaydi, shuning uchun u sizlarga bu mevani man etgan. Ishonmaysizmi? Undan bir dona yeb ko‘ring”.
Iblisning makriga ishongan Odam va Havo qiziquvchanlik qilib man qilingan mevadan uzib yeb ko‘rishibdi. Meva og‘izlariga tegishi bilan ularga aql-farosat bitib, o‘z yalang‘ochliklarini anglab uyalib, daraxt barglari bilan uyatli joylarini to‘sib qolishibdi.
Odam va Havoga man qilingan meva – aql mevasi ekan...
Har birimizda ikki dunyo mujassam – qalb va aql. Ko‘pincha ikkisi ziddiyatda. To‘g‘rirog‘i – aql qalbga qarshi chiqib qoladi. Qalb – o‘z-o‘zicha mukammal dunyo. U ziddiyatga borishni, g‘azablanishni, xafa bo‘lishni, yomon ko‘rishni bilmaydi. U faqat sevishni va ezgulikka intilishni biladi.
Biroq aql nuqsonlardan holi emas. U g‘arazgo‘y, arazgo‘y, manfaatparast va kaltabin. Ha-ha – aql oxirini ko‘ra bilmay ish qilishga usta. U mudom rejalar tuzadi, hisob-kitob qiladi, ishonadi, umid qiladi, istaydi, izlaydi – ammo uning aytganlari har doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Chunki u – qalbchalik mukammal emas.
Barchamiz mukammal qalb bilan dunyoga kelamiz. Chaqaloqning aqli – oppoq qog‘ozdek, unga hali hech narsa yozilmagan. Ammo bu uzoqqa bormaydi – yashash muhiti va ota-ona darhol qo‘llariga qalam olib, o‘z tushunchalaridan kelib chiqqan holda, bu oq qog‘ozni yozuv bilan to‘ldira boshlaydilar. Bu jarayon butun umr davom etadi – oila, maktab, jamiyat o‘z haqiqatlarini kishi ongiga dastur tarzida kiritib boraveradi.
Siz-u biz shunchalar ishongan aql ana shunday shakllanadi.

"7Qadam" kitobidan
Shaxsiy rivojlanish uchun!

Azizlarim, Biz Sizga Jumaning hayr-u barokotini tilaymiz va doimo Qalb bilan Aqlni kelishuvida yashashingizga tilakdoshmiz!

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig