Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, Azizlarim! Omonmisiz! Bilasizmi, Bugun Biz | SANAMJON 🎀🎀🎀

Assalomu alaykum, Azizlarim!
Omonmisiz!

Bilasizmi, Bugun Biz Onalar mavzusiga murojaat qilmoqchimiz!

ONA! U shunday zotki, o'zi yemay - yediradi, ichmay - ichiradi, kiymay - kiydiradi... Uning bir farzand oldidagi yaxshiliklarining shunchalar son - sanog'i yo'qki, bir umr xizmatini qilib, duosini olsangda uza olmaysan. Hatto u tug'iboq farzandini tashlab ketgan bo'lsa ham. Nega deganda, uning vujudi bir murg'ak qalb uchun yaralish maskani bo'lgan! Nega deganda, uning bu vujudi Siz-u Biz uchun 9 oy mashaqqat chekkan. Kunlari, tunlari haminqadar o'tgan. O'lim va Hayot orasinda qolgan...

Endi aytingchi, Biz o'z ildizimiz, o'zagimizdan voz kechib, uni inkor qilib barq urib yashnab ketolamizmi?

Aslo yo'q! Bilingki, Hech kim Ota - Onasisiz HECH KIM emas! O'zligiga, asliga qaytmoqchi, ruhi va qalbini tushunishni istagan, bu hayot o'yinlarini, boshiga kelgan sinovlarining mohiyatini anglamiqchi bo'lganlar ASLIGA QAYTSIN! QALB atalmish Ildiziga qurt tushurgan daraxtlar uni KECHIRIM ila davolasin!

@sanamjon_1