Get Mystery Box with random crypto!

SABR QIL! Ko’ksiga bostirilgan harsang toshlarga “Ahad, Ahad”, | SANAMJON 🎀🎀🎀

SABR QIL! Ko’ksiga bostirilgan harsang toshlarga “Ahad, Ahad”,deya sabr qilgan Bilol roziyallohu anhudek.

SABR QIL! Gulhanga otilganda ham hech kimdan yordam so’ramasdan “Alloh men bilan”,degan İbrohim halilullohdek.

SABR QIL! Jasadiga botirilgan nayzalarning oğriği,ruhiga o’tolmagan,azoblarga tabassum qilgan,tili oxirigacha “Robbim Allohdir”, degan Osiyo onamizdek.

SABR QIL! Cho’lning o’rtasida, İsmoil quchoğlarida,yurtlaridan juftlaridan uzoqda ,yoppa yolğiz qolsalar ham qo’rqmasdan
“Alloh men bilan”,degan Hojar onamizdek.

SABR QIL! 11 yoshida sevganlari tarafidan o’limga hukm qilinib, quduqqa otilsa ham, begonalarga qul qilib sotilsa ham “Robbim menga yordam beradi”, deya Allohga tavakkul qilgan bolakay Yusuf alayhissalomdek.

SABR QIL! Qarshisida bepayon dengiz, orqasida zolim dushman tursa ham, Allohning uni tashlab qo’ymasligiga ishonib, olğa yurgan va dengizdan Alloh u zot uchun yo’l ochgan Muso alayhissalomdek.

SABR QIL! Badani yiring ichida chirisa ham Allohdan umidini uzmagan Ayub alayhissalomdek.

SABR QIL! Avratiga nayza sanchib shahid qilinsa ham so’ngi nafasini “Robbim Alloh, rosulim Muhammad”, deya chiqargan Sumayya onamizdek.

SABR QIL! Ota-onasi uning ko’z o’ngida vahshiyona qatl etilsa ham
chidagan Ammor roziyallohu anhudek .

SABR QIL! Ustilaridan o’q yoğilsa ham, qaynoq yoğda jizza qilinsalar ham “Robbim Alloh, Rosulim Muhammad”, degan Abdulloh ibn Huzofa roziyallohu anhudek.

SABR QIL! Uni buzuqlikda ayblab, chaqaloği bilan yurtidan quvsalar ham, “Alloh meni tashlab qo’maydi”, deya yurtini tark etgan pokiza Bibi Maryamdek.

SABR QIL! Kazzob tanalarini parcha - parcha etsa ham,
jasadlaridan oxirgi parcha qolguncha “Robbim Alloh, habibim Muhammad”, degan Habib ibn Zayd roziyallohu anhudek.

SABR QIL! Vatanidan quvsalar ham, ustilaridan ahlat chelagini ağdarsalar ham, boshlaridan ichak - chavoq to’kilsa ham “Balki sabrim sabab bir kishi hidoyat topar”, deya sabr qilgan Rosululloh sollollohu alayhiy vasallamdek...

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig