Get Mystery Box with random crypto!

Senga yomonlik qilganni KECHIR... Odamlarga adovat bilan qara | SANAMJON 🎀🎀🎀

Senga yomonlik qilganni KECHIR...

Odamlarga adovat bilan qaraydigan, ulardan qasos – o'ch olish o'tida o'rtanadigan kimsa o'ta qiymat to'lov to'laydi. U g'azab o'tida yonar ekan, jismi - joni qovuriladi, qalbi o'rtanadi, asablari qaqshaydi, rohat - farog'atidan ayriladi. Demak, u shak - shubhasiz ziyon ko'rguvchidir. Buning davosini esa bizga Alloh taolo ushbu oyatlarida xabar bergan:

«…g'azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) afv etadigan kishilardir…» (Ol-I-imron surasi 134 – oyat)

 «(Ey Muhammad alayhis-salom), afv —marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'giring!». (A'rof surasi 199-oyat)

«…Siz (har qanday yomonlikni) eng go'zal so'zlar bilan daf' qiling! (Shunda) banogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq - sodiq do'st kabi bo'lib qolur». (Fussilat surasi 34 – oyat)

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig