Get Mystery Box with random crypto!

DILSO'Z - DADA... NAQORAT Farzandlarni baxtisiz, DADA, | SANAMJON 🎀🎀🎀

DILSO'Z - DADA...

NAQORAT

Farzandlarni baxtisiz, DADA,
Hayotimiz naqshisiz, DADA,
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar,
Siz, hammadan yaxshisiz, DADA! (2x)

Oooooo

Bolalik chog'imdan asrab, erkalab,
Gohi onamdayin sochlarim tarab,
Gohida opichlab, ko'nglimga qarab,
Siz hammadan yaxshisiz, DADA!

Siz meni bog'imsiz, suyangan tog'im,
To'g'ri yo'l ko'rsatib adashgan chog'im,
"Bolam", deysiz meni, deysiz "Oppog'im!"

Siz hammadan yaxshisiz, Dada! (2x)

Dardim tinglab topasiz chora,
Kecha - kunduz bo'lib ovvora,
Men aytaman yana ming bora,
Siz hammadan yaxshisiz, DADA!

NAQORAT (1x)

Oooooo

Ketgim kelmaydi hech quchog'ingizdan,
Baxtga to'la mehr o'chog'ingizdan,
Siz - Azim daraxtsiz, yaprog'ingizman,

Siz hammadan yaxshisiz, Dada! (2x)

Mehringiz berdingiz bizga munosib,
Ota bo'lib, o'g'il - qizga munosib,
Farzand bo'lay deyman, Sizga munosib,

Siz hammadan yaxshisiz, Dada! (2x)

NAQORAT! (2x)

QO'SHIQ MATNI

MUSIC TIME

Siz sevgan ohanglar sehri

SANAMJON da...

Link: @sanamjon_1