Get Mystery Box with random crypto!

#MOTIVATSIYA O'ZINGIZGA QUYIDAGICHA VA'DALARNI BERIN | SANAMJON 🎀🎀🎀

#MOTIVATSIYA

O'ZINGIZGA QUYIDAGICHA
VA'DALARNI BERING!

Qalb xotirjamligini hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo'laman!

Yo'limda uchragan har bir kishiga sog'liq, baxt va mufaqqiyat tilayman.

Har bir do'stimni qandaydir iste'dodi borligiga ishontiraman.

Har qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko'raman va har-bir niyatlarim amalga oshishi uchun harakat qilaman.

Faqat yaxshi narsalarni o'ylayman faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.

Boshqalarning yutug'idan xuddi o'z yutug'imdek quvonaman.

O'tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.

Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.

Atrofdagilar tanqid qilishiga asos qolmaydigan darajada hayotimni o'zgartiraman.

Xavotirlanmaslik uchun xotirjam, g'azablanmaslik uchun kechirimli, qo'rqmaslik uchun kuchli bo'laman va muommolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.

O'zimni qadrlashimni boshqalarga ham bildiraman, buni baland parvoz gaplar bilan emas, yaxshi muomala bilan amalga oshiraman.

Men o'zimga ishonganday bunga ishonaman - ya'ni: BUTUN DUNYO MEN TOMONDA!

Link: @sanamjon_1