Get Mystery Box with random crypto!

Tangrim istamasa, yaproq tushmasmish, Qush qanot qoqmasmish, k | SANAMJON 🎀🎀🎀

Tangrim istamasa, yaproq tushmasmish,
Qush qanot qoqmasmish, ko'kda uchmasmish. (x2)
Jon ato neki bor, kuni bitmasmish,
Tangrim istamasa, inson o'lmasmish. (x2)

Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)

Men o'zim bilaman ko'nglim dardini,
Jon berib saqladim jonim qadrini (x2)
Qadamimda yutib ag'yor zahrini,
Bahorlarimda ham quchoqladim qish. (x2)

Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)

O'zingni bilgin-u o'zgani qo'ygin,
Shoh bitta, sen esa qulliging bilgin. (x2)
O'zingni unutib, O'zini suygin,
Suyganini Alloh harob etmasmish. (x2)

Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)

Ozoda Nursaidova

DUNYO

MUSIC TIME

Kanalimizga obuna bo'ling!

https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig