Get Mystery Box with random crypto!

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS! “Inson, xalq, millat tarixiy x | SANAMJON 🎀🎀🎀

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS!

“Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Xotira - kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy me'rosimizni anglatib turuvchi buyuk omildir. Zero, o'tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir.”

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami - "Xotira va qadrlash kuni" sifatida 1999-yildan buyon nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kunda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan va boshqa minglab yurtdoshlarimizning xotirasi yod etiladi, ularning jasoratlari, ezgu ishlari esga olinadi. Shuningdek, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug' bilan diydorlashish, yolg'iz yashaydigan keksalar holidan xabar olish kabi xalqimizning o'ziga xos odatlari ham mavjud. Afsuski, biz pandemiya tufayli xalqimizning juda ko'p asl farzandlaridan, san'at darg'alaridan ayrildik. Lekin bularning barchasi Allohning irodasi. Bugun esa ajdodlarimiz ruhiga duo qilaylik. Zero, biz ular bilan hamisha qalban birgamiz!

Kanalimizga obuna bo'ling!

Link: @sanamjon_1