Get Mystery Box with random crypto!

BILADI ALLOH... Vaqtlar o'tib yana qo'limda qalam, Dardlar yo | SANAMJON 🎀🎀🎀

BILADI ALLOH...

Vaqtlar o'tib yana qo'limda qalam,
Dardlar yozilgandi go'yo bir olam,
Hayotimdan nolib to'lganda alam,
O'zimdan o'tganin biladi Alloh.

Taqdir umrim uchun dard iinganda
Bolalik o'xshamay qalb tilinganda
Orzularim yonib kul qilinganda
O'zimdan o'tganin biladi Alloh.

Tong ko'zim ochishim qiyin har kundek,
Atrofimga to'ldi qayg'u, tutundek,
Yuragim singan-u, tutdim butundek,
O'zimdan o'tganin biladi Alloh.

Meni yomon ko'rsang, yasha alamsiz,
Ahmoqlar ko'zida mendan balandsiz,
Yashay olmas ekan shoir qalamsiz,
O'zimdan o'tganin biladi Alloh.

Cho'kdi tosh bag'rim ham zulmat qa'riga,
Alamlarim ketmas bir zum nariga,
Rosti, qo'l siltadim endi bariga,
O'zimdan o'tganin biladi Alloh.

Hech kimsiz dardlarim bo'lganda hamroh,
O'zimdan o'tganin biladi ALLOH...

Muallif: Jamshidbek G'ulomov

Azizlar, ushbu ukamiz Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 45-sonli imkoniyati cheklangan ya'ni ko'zi ojizlar uchun iqtisoslashgan maktab-internatining 8-sinfida o'qiydi. Adabiyotga, she'riyatga juda qiziqadi. O'zi ijod qilgan she'rlarni esa telegram kanalida e'lon qilib boradi. Qadrli she'riyat ixlosmandlari, Jamishbek muallifligida yozilgan she'r manzur bo'lgan bo'lsa, like tugmachasini bosib qo'ying! Shoir yigitning she'rlari uchun esa

@JAMSHIDBEK_GULOMOV
kanaliga obuna bo'ling!