Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Olmos jamoasi | 😷 SamVMI yoshlari | 👨‍💼VAKSINA OLING👩‍💼

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Olmos jamoasi QvZ chempioni boʻldi

Bugun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining 2021-yilgi mavsum respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi. Finalda ilk bor Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ham ishtirok etdilar.

Final bosqichida yakuniy natijalar quyidagicha koʻrinish oldi:
NDPI Nukus filiali – “Olmos” jamoasi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi – “Adrenalin” jamoasi;
TTA Termiz filiali – “Medstars” jamoasi.

Finalda faol ishtirok etgan jamoalar:
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti – “Targ'ibot” jamoasi;
O‘zdSMI Nukus filiali – “Pegas-shou” jamoasi;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati – “Aurum-79” jamoasi.


Gʻoliblar 1-oʻrin 40 mln. soʻm, 2-oʻrin 30 mln. soʻm va 3-oʻrin 20 mln. soʻm pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

@samvmiyoshlari