Get Mystery Box with random crypto!

SIZ UCHUN ENG DAHSHATLISI NIMA? AQSH aeroportlarining birida | 😷 SamVMI yoshlari | 👨‍💼VAKSINA OLING👩‍💼

SIZ UCHUN ENG DAHSHATLISI NIMA?

AQSH aeroportlarining birida jurnalist soʻrovnoma oʻtkazmoqda. - Siz uchun eng daxshatlisi bu nima? . ....deb qoʻyilgan savolga hamma turlicha javob berayapti. Kimdir urush desa yana kimlardir zino, qiyomat, kasallik deb javob berishar edi. Shu vaqt aeroportning kutish zaliga oq yaktakda bir moʻysafid kirib keldi. Buni koʻrgan jurnalist unga yuzlandi va darhol boyagi savolini berdi:
- Siz uchun eng daxshatlisi bu nima?
Moʻysafid savolga savol bilan javob berdi:
- Sen kimsan?
- Anjelika Uilyams.
- Yoʻq, bu ism. Sen kimsan?
- Jurnalist.
- Yoʻq, bu kasb. Sen kimsan?
- Ingliz.
- Yoʻq, bu millat. Sen kimsan?
- Odamman, - dedi jurnalist.

Moʻysafidni jilmayganidan quvonib, toʻgʻri javob berdim, deb mamnun boʻlib turgan jurnalistga Moʻysafid dedi:
- Eng daxshatlisi, bu oʻzingni kim ekanligingni va nima uchun yaralganingni bilmasligingdir.

@raximjon_norjigitov