#xazil Sessiya yaqin qolganda talabalarni aytgan qoʻshigʻi... | 😷 SamVMI yoshlari | 👨💼VAKSINA OLING👩💼
#xazil
Sessiya yaqin qolganda talabalarni aytgan qoʻshigʻi...
Bozorga chiqbdi qulpunay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib ilinib olvolay
Domlamni koʻrgani boraman
Kursdoshlarlar yoʻlimni toʻssa ham
Poyimga tikanlar oʻssa ham
Bir pochka (g)ul olib boʻlsa ham
Domlani koʻrgani boraman
Kirsam ham 10 minut kech qolib
Haydamas baqirib dod solib
Darsida uxlamay 5 olib
Domlamni koʻrgani boraman
Domlam domlam domlam domlam
Men oʻqigan kitobni yozgan - Domlam
Aytmaylik kursdoshlar gʻamini
Bildirmay NB lar sonini
Sessiyada olayin koʻnglini
Domlamni koʻrgani boraman
Domlamni yaxshisin oshiray
Dekandan aybini yashiray
Sessiyada mehrini toshiray
Domlamni koʻrgani boraman
5 talash 4 talash qilmayin
Manga koʻp unga oz demayin
Boshini ogʻritib kelmayin
Domlamni koʻrgani boraman
Xammadan yaxshisiz deb atay
Bemehr koʻnglini yumshatay
Aytganin qilib men yayratay
Domlamni koʻrgani boraman
Domlamdur buyukim savlatim
Men uchun goʻyoki davlatim
Yodimga olib men da'vatin
Domlamni koʻrgani boraman
Bizni kuzatib boring
https://t.me/samvmiyoshlari