Get Mystery Box with random crypto!

#DIQQAT 2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va | SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL

#DIQQAT

2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha shu jumladan, davlat va xususiy taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish obyektlari, sport komplekslari, lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan koʻp xonadonli uy-joylar, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, umumiy maydoni ming kvadrat metrdan katta boʻlgan barcha savdo-koʻngilochar markazlarining bino-inshootlarini loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv isteʼmoli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishi talab etiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish koʻzda tutilmagan loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish ishlarini boshlash hamda issiq suvdan foydalanish koʻzda tutilgan yangi bino-inshootlarda quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish koʻzda tutilmagan taqdirda bunday bino-inshootlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

Ijtimoiy soha obyektlari va boshqa byudjet tashkilotlari rahbarlari va masʼul xodimlari faoliyati samaradorligini KPI tizimi asosida baholashda, ularning energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari alohida inobatga olinadi va ushbu koʻrsatkichlar bajarilishiga koʻra ularni ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.

Unutmang! Mazkur jarayonlarning borishini Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi kuzatib boradi va yangi obyektlarda quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatilishi yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida nazorat ishlarini tashkil qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
| Web| Instagram| Facebook| Telegram| Youtube|