Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Samarqand davlat che | Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Samarqand safaridagi keyingi manzili Samarqand davlat chet tillar instituti bo‘ldi.

Institut rektori Ilhomjon Toʻxtasinov ta'lim muassasasi faoliyati, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shunigdek, yangi o‘quv yilida qurilishi mo‘ljallangan o‘quv bino va talabalar turar joylari haqida so‘zlab, loyihalarini taqdimot qildi. O‘quv binolarda o‘rnatilgan quyosh panellari va bu borada rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qurilish ishlari davom etayotgan 2000 ming o‘rinli o‘quv binosi, fevral oyida mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan 1000 o‘rinli yana bir o‘quv binosi, mukammal qayta ta’mirdan chiqarilayotgan 300 o‘rinli, amalda foydalanilayotgan 500 hamda 350 o‘rinli talabalar turar joylari shular jumlasidan.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov institut faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda o‘quv binosi, axborot-resurs markazi, yangi barpo etiladigan o‘quv binosi va talabalar turar joylari qurilish ishlari hamda quyosh panellerini ko‘zdan kechirib, tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berdi.

Shuningdek, institutning iqtidorli magistrlari bilan suhbatlashib, ularning ilmiy faoliyatlari, innovatsion g‘oyalari hamda fikr-mulohazalari tinglandi. Bundan tashqari, yotqonada talabalar uchun sharoit ham o‘rganilib, ularning fikri bilan qiziqildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi