Get Mystery Box with random crypto!

'E'tirof' #arxiv Qani endi qanotim bo'lsa-yu uchsam, Uc | ❤️Samo sar1❤️

"E'tirof"
#arxiv
Qani endi qanotim bo'lsa-yu uchsam,
Uchsam yiroqlarga, uchsam osmonga.
Osmonga boqsaydim, osmonda turib,
Turib ucha olsaydim muallaq unda.

Qanotim ostidan shamol silasa,
Silasa his etsam ozod , hurlikni.
Hurlikni his etgan onda yuragim,
Yuragim tub tubdan hapqirib ketsa!

Qani endi qanotim bo'lsa-yu uchsam,
Uchsam Buxoro-yu , Samarqand tomon.
Navoiy-u Bobur his etgan hisni,
His eta olsaydim bir bora men ham!

Muallif : Marjona Xamrayeva