Get Mystery Box with random crypto!

Rasuloloh yonimdamisiz? Qalbim bugun qildi ģalayon, Foniylard | ❤️Samo sar1❤️

Rasuloloh yonimdamisiz?

Qalbim bugun qildi ģalayon,
Foniylardan tuydi bugun jon.
Kòrolmayman sizni bu yomon,
Rasulolloh yonimdamisiz?

Kezdim dunyo dunyolar izlab,
Kim kimlarni izzatlab sizlab.
Gunohlar bor minglarcha yuzlab,
Rasulolloh yonimdamisiz?

Tunda gunohlarim uyqu bermaydi,
Vijdon halovat ne ekan bilmaydi.
U dunyoda hali tilim tinmaydi,
Rasulolloh yonimdamisiz?

Ummatinggiz namozi ham yòq,
Duolari ham qisqa uzuq va yuluq.
Hasadkordir qilmaydi qulluq,
Rasulolloh yonimdamisiz?

Tahoratsiz kechar kechalar,
Men kabilar necha nechalar.
Dunyo qabih bòldi qanchalar,
Rasulolloh yonimdamisiz?

Sukutdasiz kòzim jiqqa yosh,
Men tavbada Ollohim guvoh.
Ummatlarning qalbi bòlgan tosh
Rasullolloh yonimdamisiz?

Yondamisiz? Bitta gap aytay
Dunyoyimizga siz qaytmang
Noshukurmi,nonkòr deb atang
Lekin sira dunyoga qaytmang!

Yer yuzida yaxshiliklar yòq,
Yuraklarda alamlardan òq.
Hasrat qilsa qilarlar qulluq,
Rasulolloh dunyomiz òlgan!

Muallif: Marjona Xamrayeva
27.04.2022
https://t.me/oq_atirgul_TM