Get Mystery Box with random crypto!

#samdtu_books SamDTU Books - Samarqand davlat tibbiyot univ | SamMU Media | Rasmiy kanal

#samdtu_books

SamDTU Books - Samarqand davlat tibbiyot universiteti Elektron kutubxonasining Mobil ilovasi


Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor oʻqituvchilari hamda talabalariga qulaylik yaratish maqsadida Elektron kutubxonaning “SamDTU Books” rasmiy mobil ilovasi ishga tushirildi.

"SamDTU Books" ilovasi SamDTU Elektron kutubxona sayti e-library.sammu.uz bilan bevosita integratsiya qilingan bo'lib, Elektron kutubxonadagi mavjud kitoblarni elektron tarzda yuklab olish hamda ilovani o'zida mutolaa qilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek ilova tarkibida:
- Uchta til rejimi (uzbek, rus, ingliz) dan foydalanish,
- Kutubxona tuzilmasi, faoliyati hamda umumiy statistikasi bilan tanishish,
- Kutubxona yangiliklaridan xabardor bo'lish,
- Kitoblarni oson qidirish,
- Kitob tafsilotlari bilan batafsil tanishish (kitob nomi, muallifi, tili, chop etilgan yili va hk.),
- Sevgan kitoblaringizni do'stlaringizga oson ulashish,
- Qurilmangizda mavjud kitoblarni ilova orqali mutolaa qilish.

Ilovani quyidagi play.google.com (Android) havola orqali yuklab olishingiz mumkin.


Eslatma: Tez orada iOS versiyasi taqdim etiladi!