Get Mystery Box with random crypto!

#kayfiyat #MATMUSANING MЕHMONDO'STLIGI Mehmon juda azizdir D | Samimiyat...☘

#kayfiyat
#MATMUSANING MЕHMONDO'STLIGI

Mehmon juda azizdir
Donishqishloq tomonda.
Derlar, mayli biz o'lsak,
Mehmon bo'lsin omonda.

Mana, shaharlik mehmon
Qishloq kezib yuribdi.
Unga go'zal tabiat
Ma'qul bo'lib turibdi.

Ayniqsa to'polon soy
Mehmonga yoqib ketdi,
Oh-oh deb suvga tushdi,
Tushdi-yu, oqib ketdi.

Goh cho'kar, goh ko'rinar,
Dod solar: «Qutqaringiz»,
«Spasite», «dast bideh»,
«O may frend, help mi, pliz».

Ispancha, portugalcha,
Lotincha qichqiradi.
Belni ushlab Matmusa
Hayron bo'lib turadi.

«Shuncha tilni o'rganib
Boyvachcha bo'larmiding?
Undan ko'ra suzishni
O'rgansang o'larmiding».

Ovozi o'chganida
Suv kirib tomog'idan,
Mehmonni olib chiqdi
Ushlab bo'yin bog'idan.

«Shaharlik shaharlik-da»
Der Matmusa ko'nglida,
«Kerakli arqonini
Olib yurar bo'ynida».

Qirg'oqqa chiqdi shoshmay,
So'ng aqlini yuritib,
Arqonidan daraxtga
Osib qo'ydi quritib...

Erkin Vohidov

@samimiylik_oddiylikda