Get Mystery Box with random crypto!

Student hayotidan saboq... -Telegramga juda o'rganib qolgan ek | Samimiyat...☘

Student hayotidan saboq... -Telegramga juda o'rganib qolgan ekanman, butun vaqtimni do'stlar bilan chat yozishib o'tkazyapman. Dars qilish yo'q. Abituriyentlik davridagi o'qishga harakat qayga ketgan hayronman. Uyga qo'ng'iroq qilish hayolimga ham kelmaydi. Shu payt birdan onamdan xabar keldi: "abonent sizdan qo'ng'iroq qilishingizni iltimos qilyapti” deb. Onam bilan erinibgina bog'landim. Salomlashdik. Onam gap boshladilar: Bolam, shahar mazza bo'lsa kerak aa?
-Ha oyi nega so'rayapsiz?
-Bizda hozir chiroq o'chgan, gaz ham pastlab ketgan.
-Pechka yoqyapsizlarmi?
-Ha, bolam onda-sonda. Kontraktingni to'lagandan keyin pulga sal zoriqib qoldik. Dadang qo'shninikida ishlayaptilar hozir.
-Kechqurunda-ya?
-Ha bolam, o'tin sotib olish kerak axir qishlik uchun. Tezak yoqyapmiz hozir. Shunaqa gaplar bolam. Ukang maktabga chiqmayapti. Etigining tagidan suv o'tyapti, lekin yaqinda chiqadi. Dadang shunga va'da berdilar. Ovqatlandingmi?
-Yo'q, hali (ko'z jiqqa yosh)
-Unda ovqatlanib ol. Keyin gaplashamiz bolam. E ha, aytgancha yaqinda yuborgan pulimiz yetyaptimi? Puling bormi, bolaginam?
-Ha bor oyijon........
-Mayli bolam unda.
-Xo'p oyijon xiq-xiq( Shu kunlarda nimalarga vaqt sarflayapmiz, yaqinlarimiz bizga butun borini berayotgan bir sharoitda)

#Xulosa oʻzingizdan
Koʻproq studentlarga yuboring....

@samimiylik_oddiylikda