Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Samarqand viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operasiyalarni Muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi hamda xizmatni tashkil etish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli o‘rganilib, yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida otryadning xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi, xizmatni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli, jangovar vazifalarni bajarishda yuqori kasbiy va professional tayyorgarlikni ta’minlash, amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish, shuningdek shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda “temir intizom” o‘rnatish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, har bir xodim bilan individual tartibda shug‘ullanish, jamoadagi muhitni yaxshilash borasida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz