Get Mystery Box with random crypto!

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari h | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari huzurida viloyat hududida joriy yilning 5 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining ahvoli muhokama qilindi.

Muhokamada hududlardagi ayrim rahbarlarning beparvoligi sabab xodimlar faoliyatida sustkashlik yuzaga kelganligi natijasida yo‘l-transport hodisalari, firibgarlik jinoyatlarini oshganligi tanqid ostiga olindi.

Tanqidiy-tahliliy muhokamada xizmat faoliyatiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qaragan, ko‘rsatkich natijadorligi qoniqarsiz deb baholangan mas’ul rahbar va xodimlar qattiq ogohlantirildi.

Muhokama yig‘ilishida o‘rganilgan salbiy holatlarni bartaraf etish va ijobiy samarasi nazorat qilinishi belgilab olindi.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz