Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandgi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “O | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Samarqandgi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “Obod va xavfsiz” mahalla tamoyili asosida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli oʻzaro manzilli hamkorligining samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda ijtimoiy profilaktika choralariga asoslangan yangicha ishlashiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.

O‘tkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlarining navbatdagisi Ishtixon tumanida boʻlib oʻtdi.

Mazkur tizimning asosiy mexanizm va qoidalarini amaliyotga toʻlaqonli tatbiq qilish dolzarbligini inobatga olgan holda, Ichki ishlar, Adliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari hamkorligida ijtimoiy profilaktika tizimining maqsadlari va mazmun-mohiyati yuzasidan har bir “mahalla beshligi” vakillarini joylarga chiqqan holda qisqa muddatli oʻqitish jarayonlari o‘tmoqda.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida mahallalarda aholi muammolariga yechim topish, mazkur hududlarni jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish, yoshlar tarbiyasi va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, bir soʻz bilan aytganda “Mahalla beshligi” vakillari masʼuliyatini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur yoʻnalishdagi oʻquv jarayonlari davom etmoqda.